Бюллетень студентов Нового Узбекистана 3-jild 10-son (2025) · 5–9-betlar
SEPTAL DEFEKTLAR (YURAK DEVORI TESHIKLARI) MORFOGENEZI VA KLINIK OQIBATLARI
Yuldasheva, Mavludaxon, Nazirjonov, Orifxo’ja
DOI: 10.5281/zenodo.17283167 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Ushbu maqolada yurakning tug‘ma nuqsonlaridan biri — septal defektlarning kelib chiqish sabablari, ularning embrional rivojlanish davrida shakllanish jarayoni hamda keyinchalik yuzaga keltiradigan klinik oqibatlari haqida so‘z yuritiladi. Yurak devorining to‘liq ajralmasligi natijasida qon aylanish tizimida gemodinamik o‘zgarishlar kuzatiladi, bu esa yurak faoliyatining yetishmovchiligiga olib kelishi mumkin. Maqolada bo‘lmachalararo va qorinchalararo devor teshiklarining morfogenezi, ularning anatomik xususiyatlari, klinik kechishi, tashxislash usullari va zamonaviy davolash yondashuvlari tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari septal defektlarni erta aniqlash, ularni profilaktika qilish va bolalar kardiologiyasida samarali davolash choralarini ishlab chiqishda muhim ilmiy va amaliy ahamiyat kasb etadi.
Septal defektlar, yurak devori teshiklari, tug‘ma yurak nuqsoni, morfogenez, embrional rivojlanish, gemodinamika, klinik oqibatlar, tashxis, davolash usullari, yurak yetishmovchiligi
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.