Бюллетень студентов Нового Узбекистана 3-jild 10-son (2025) · 23–26-betlar

BOLALARDA GEMATOLOGIYA VA ONKOLOGIYA KASALLIKLARI ZAMONAVIY YONDASHUVLAR VA MUAMMOLAR

Parpiyeva, Shaxnoza, Nazirjonov, Orifxo’ja

DOI: 10.5281/zenodo.17294200 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Bolalarda gematologik va onkologik kasalliklar pediatriya sohasining eng murakkab yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Bu guruh kasalliklari, jumladan, o‘tkir limfoblast leykoz, gemofiliya, anemiya, limfomalar va suyak iligi kasalliklari, nafaqat bolaning sog‘lig‘iga, balki ularning psixologik rivojlanishiga ham kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, bolalarda onkologik kasalliklar o‘lim sabablarining yuqori ulushini egallaydi. Shu bois ularni erta aniqlash, to‘g‘ri tashxislash va zamonaviy davolash usullarini qo‘llash dolzarb ahamiyatga ega. So‘nggi yillarda yuqori sezgirlikka ega laboratoriya diagnostikasi, molekulyar genetik tadqiqotlar hamda yangi avlod kimyoterapiya va nishonli terapiya usullari keng joriy etilmoqda. Bundan tashqari, psixososial reabilitatsiya va ota-onalarni qo‘llab-quvvatlash dasturlari ham davolash samaradorligini oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Ushbu maqolada bolalar gematologiyasi va onkologiyasi bo‘yicha asosiy kasalliklar, ularning etiologiyasi, klinik belgilar, tashxislash usullari, davolash strategiyalari va profilaktik chora-tadbirlari ilmiy adabiyotlar asosida tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, integratsiyalashgan yondashuvlar — klinik tibbiyot, molekulyar biologiya va psixologiya uyg‘unligi — bolalarda ushbu kasalliklarni samarali boshqarishda muhim ahamiyat kasb etmoqda

Bolalar, gematologiya, onkologiya, leykoz, limfoma, anemiya, gemofiliya, kimyoterapiya, diagnostika, reabilitatsiya.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.