Бюллетень студентов Нового Узбекистана 3-jild 10-son (2025) · 52–56-betlar

VAGINAL MIKROBIOTA VA MUDDATIDAN AVVALGI TUG‘RUQ XAVFI.

Sodiqova, Gavharoy, Axmadjonov, Axmadjon

DOI: 10.70413/yota-v03-i10-p1-012 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Ushbu maqolada ayollarda vaginal mikrobiota holati va uning muddatidan avvalgi tug‘ruq rivojlanish xavfiga ta’siri keng tahlil qilinadi. So‘nggi yillarda olib borilgan tadqiqotlar vaginal muhitning mikrobiologik muvozanati homiladorlikning davomiyligi bilan bevosita bog‘liqligini ko‘rsatmoqda. Vaginal mikrobiota tarkibida foydali laktobakteriyalar yetishmovchiligi, patogen mikroorganizmlarning ko‘payishi, yallig‘lanish jarayonlari va immun javob buzilishi natijasida bachadon faoliyati erta faollashib, homila yetilmasdan tug‘ilishi kuzatiladi. Maqolada vaginal disbiyozning etiologik omillari, patogenezi, diagnostik usullari hamda muddatidan avvalgi tug‘ruqni oldini olishda mikrobiologik tekshiruvlarning ahamiyati haqida so‘z yuritiladi. Shuningdek, biomarkerlar, mikroflora monitoringi va probiotik terapiya orqali profilaktika choralarining samaradorligi haqida ilmiy dalillar keltirilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, vaginal mikrobiota muvozanatini saqlash ayollar reproduktiv salomatligini mustahkamlash va perinatal asoratlarni kamaytirishda muhim o‘rin tutadi.

Vaginal mikrobiota, muddatidan avvalgi tug‘ruq, disbiyoz, laktobakteriyalar, mikroflora, homiladorlik, infektsiya, biomarker, immun javob, perinatal xavf, profilaktika, mikrobiologik diagnostika.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.