Бюллетень студентов Нового Узбекистана 3-jild 4-son (2025) · 41–46-betlar

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING IJTIMOIY MUHITGA MOSLASHISHIDA BOG‘CHA TARBIYASINING O‘RNI.

Hamrayev, Ilg’or, Luqmonova, Madina

DOI: 10.70413/yota-v03-i04-p1-007 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ijtimoiy muhitga moslashuvi ularning maktab hayotiga muvaffaqiyatli integratsiyalashuvi va kelajakdagi ta’lim jarayonida muvaffaqiyat qozonishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu maqolada bolalar bog‘chasi tajribasining boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun qanday muhum ahamiyatga ega ekani tahlil qilinadi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida bola o‘z tengdoshlari bilan muloqot qilish, kattalar bilan munosabat o‘rnatish va ijtimoiy qoidalarga rioya qilishni o‘rganadi. Bu esa ularning kelajakda sinfdoshlari va o‘qituvchilar bilan samarali aloqa o‘rnatishi, dars jarayonida faol ishtirok etishi hamda jamoaviy muhitga tez moslashishiga yordam beradi.Tadqiqotlarda  maktabga qadam qo‘ygan  bolalarning yangi sharoitga moslashishida bog‘chada olingan bilim va ko‘nikmalarning ahamiyati, ijtimoiy muloqot malakalari va mustaqil faoliyat yuritish qobiliyatining rivojlanishiga ta’siri yoritiladi. Bundan tashqari, bog‘cha ta’limining bolaning hissiy – intellektual rivojlanishiga qo‘shadigan hissasi, uning kelajakdagi o‘quv jarayoniga ta’siri va adaptatsiya jaryonini yengillashtirishdagi roli muhokama qilingan.  Ushbu maqola ta’lim tizimining barcha Bo‘g‘inlari uchun foydali bo‘lib, bolalarning o‘quv jarayoniga ijtimoiy-psixologik moslashuvi masalalarini chuqur tushunishga yordam beradi

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari, ijtimoiy muhitga moslashish, maktabga tayyorgarlik, erta bolalik tarbiyasi, ijtimoiy ko‘nikmalar, psixologik moslashuv, ota-ona va pedagog hamkorligi, boshlang‘ich ta’lim sifati.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.