Бюллетень студентов Нового Узбекистана 3-jild 7-son (2025) · 24–25-betlar
OQSILLAR VA ULARNING BIOLOGIK ROLI
Shukurov, Burhoniddin
DOI: 10.5281/zenodo.16527636 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Oqsillar-bu hujayralarning asosiy tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, ular organizmda turli xil hayotiy jarayonlarda bevosita ishtirok etadi. Ular fermentlar, gormonlar, antitanalar, retseptorlar shaklida hujayra ichidagi va tashqarisidagi reaksiyalarni boshqaradi. Har bir oqsil o‘ziga xos tuzilishga ega bo‘lib, tuzilishiga qarab uning funksiyasi belgilanadi. Organizmda oqsillarning asosiy vazifalari – tuzilmaviy, katalitik, transport, himoya, regulyator va energetik funksiyalarni o‘z ichiga oladi. Ushbu maqolada oqsillarning molekulyar tuzilishi, sintezi, sinflanishi va ular bajaradigan asosiy biologik rollari haqida tahlil qilinadi. Tibbiy amaliyotda oqsillarning buzilishi ko‘plab kasalliklar bilan bog‘liq bo‘lib, ularni aniqlash va to‘g‘ri tushunish diagnostika va davolashda muhim o‘rin tutadi
oqsillar, aminokislotalar, fermentlar, biologik rol, struktura, transport, gormonlar, immun tizimi, tibbiy kimyo, oqsil sintezi
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.