Бюллетень студентов Нового Узбекистана 3-jild 9-son (2025) · 28–32-betlar
EKOLOGIK MUAMMOLAR ,ULARNING TURLARI VA KELIB CHIQADIGAN KASALLIKLAR
Abdullayeva, Rayona
DOI: 10.5281/zenodo.17128671 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Ushbu maqolada hozirgi zamonning eng dolzarb global muammolaridan biri — ekologik inqirozlar, ularning sabablari, turlari va oqibatlari chuqur yoritib berilgan. Ekologik muammo — bu inson faoliyati yoki tabiiy omillar natijasida atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan, biologik tizimlar barqarorligini buzadigan holatdir. Maqola 6 qismga bo‘lingan bo‘lib, unda ekologik muammolarning asosiy yo‘nalishlari — atmosfera ifloslanishi, suv resurslarining kamayishi, chiqindilar muammosi, o‘rmonlarning qisqarishi, biologik xilma-xillikning yo‘qolishi, shuningdek, ushbu muammolarni hal qilish yo‘llari batafsil ko‘rib chiqilgan. Har bir bo‘lim o‘ziga xos muammoni ilmiy asosda tahlil qilgan bo‘lib, statistik ma’lumotlar, zamonaviy ekologik xavf-xatarlar va ularning inson salomatligi, iqlim, iqtisodiyot hamda global siyosatga ta’siri haqida fikr yuritilgan. Atmosferaning ifloslanishi global isish va iqlim o‘zgarishiga olib kelayotgani, suv tanqisligi esa butun dunyo bo‘yicha sog‘liq va oziq-ovqat xavfsizligiga tahdid solayotgani, chiqindilarning esa tabiiy muhitga uzoq muddatli zarar yetkazayotgani aniq misollar orqali ko‘rsatilgan.
Ekologik muammolar,atrof-muhit ifloslanishi,havo ifloslanishi,suv ifloslanishi oziq-ovqat xavfsizligi, iqlim o‘zgarishi, global isish, Ekotoksikologiya, atmosferadagi dioksinlar,pestitsidlar va zaharlanish,sanoat chiqindilari,Chiqindi muammosi,Biologik xavf,Radiatsion ifloslanish,Ekologik kasalliklar,O‘pka kasalliklari,Yurak-qon tomir kasalliklari,Saraton xavfi,Nevrologik buzilishlar, reproduktiv salomatlik,stress va psixologik muammolar,ekologik xavfsizlik, ekologik sog‘liqni saqlash.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.