Бюллетень студентов Нового Узбекистана 3-jild 9-son (2025) · 47–50-betlar
GIPOSPADIYA VA EPISPADIYA: KLINIK DIAGNOSTIKA VA JARROHLIK DAVOLASHDAGI MUOMMOLAR
G’ulomjonov, Muhammadayub, Nabijonovna, Nazokat
DOI: 10.5281/zenodo.17225108 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Gipospadiya va epispadiya — erkak jinsiy olatining tug‘ma rivojlanish nuqsonlari bo‘lib, ular siydik chiqarish yo‘lining noto‘g‘ri joylashuvi bilan tavsiflanadi. Ushbu nuqsonlar bolalik davridan boshlab klinik ko‘rinish beradi va nafaqat fiziologik, balki psixososial muammolarga ham olib kelishi mumkin. Gipospadiya ko‘proq uchraydigan nuqson bo‘lsa, epispadiya nisbatan kam uchraydi, ammo murakkabroq jarrohlik yondashuvlarni talab etadi. Tashxis qo‘yishda jismoniy ko‘rik, instrumental usullar va differensial diagnostika muhim ahamiyat kasb etadi. Jarrohlik davolash – asosiy tanlov bo‘lib, u odatda 1–2 yoshda bajarilishi tavsiya qilinadi. Amaliyotlar bir bosqichli yoki ko‘p bosqichli ko‘rinishda olib borilishi mumkin. Shunga qaramay, fistula hosil bo‘lishi, siydik yo‘li strikturalari, infektsiya va qayta operatsiya zaruriyati kabi asoratlar uchrab turadi. Maqolada gipospadiya va epispadiya tashxisida uchraydigan qiyinchiliklar, turli jarrohlik usullarining afzallik va kamchiliklari, shuningdek, davolash jarayonida duch kelinadigan klinik muammolar yoritilgan.
Gipospadiya, epispadiya, erkak jinsiy olati, tug‘ma nuqson, klinik diagnostika, instrumental tekshiruv, jarrohlik davolash, uretraplastika, rekonstruktiv jarrohlik, operatsiyadan keyingi asoratlar, fistula, striktura, pediatrik urologiya.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.