Бюллетень студентов Нового Узбекистана 3-jild 9-son (2025) · 59–64-betlar

QANDLI DIABETI BOR AYOLLARDA HOMILADORLIK JARAYONINING KECHISHI VA TUG‘RUQDAGI ASORATLAR

Xakimjonova, Gulshodaxon, Nazirjonov, Orifxo’ja

DOI: 10.70413/yota-v03-i09-p1-016 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Mazkur ilmiy maqolada qandli diabet kasalligiga ega ayollarda homiladorlik davrining klinik kechishi va tug‘ruq jarayonida uchraydigan asoratlar chuqur tahlil qilingan. Diabetning ona organizmiga ta’siri, metabolik va gormonal o‘zgarishlar, homila rivojlanishidagi buzilishlar hamda perinatal xavf omillari yoritilgan. Shuningdek, tug‘ruq jarayonida kuzatiladigan akusherlik muammolari, homiladorlikning turli trimestrlarida uchraydigan klinik belgilar va ularni boshqarish strategiyalari ilmiy asosda ko‘rib chiqilgan. Maqolada homiladorlikni kuzatishning zamonaviy usullari, glyukoza nazorati, insulinoterapiya, parhez va profilaktika choralarining ahamiyati bayon etilgan. Tadqiqot natijalari diabet bilan og‘rigan homilador ayollarda ona va homila salomatligini saqlash, tug‘ruqdagi xavflarni kamaytirish va amaliyotchi shifokorlarga samarali yondashuvni ishlab chiqishda nazariy va amaliy ahamiyat kasb etadi.

Qandli diabet, homiladorlik fiziologiyasi, tug‘ruq jarayoni, metabolik buzilishlar, akusherlik asoratlari, perinatal xavf, ona va bola salomatligi, insulinoterapiya, gestatsion nazorat.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.