Бюллетень студентов Нового Узбекистана 3-jild 9-son (2025) · 65–68-betlar
YANGI TUG‘ILGAN CHAQALOQLARDA KO‘KRAK SUTI BIOAKTIV KOMPONENTLARINING IMMUN TIZIMGA TA’SIRI
Yuldasheva, Matluba, Nazirjonov, Orifxo’ja
DOI: 10.70413/yota-v03-i09-p1-017 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Ushbu maqolada yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda ko‘krak suti bioaktiv komponentlarining immun tizimga ta’siri yoritilgan. Ona sutida mavjud bo‘lgan immunoglobulinlar, laktoferrin, lizotsim, oligosaxaridlar va boshqa biologik faol moddalarning chaqaloq organizmini infektsiyalardan himoya qilishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Tadqiqotda ko‘krak suti orqali bolalarda tug‘ma va orttirilgan immunitetning shakllanishi, shuningdek, allergik va yallig‘lanishli kasalliklarning oldini olishdagi ahamiyati ilmiy asoslangan. Maqolada ona sutini iste’mol qilishning chaqaloq salomatligi va immun tizimi rivojiga ijobiy ta’sirlari bo‘yicha xulosalar berilgan.
Ko‘krak suti, bioaktiv komponentlar, immun tizim, immunoglobulin, laktoferrin, chaqaloq salomatligi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.