Бюллетень студентов Нового Узбекистана 3-jild 9-son (2025) · 77–80-betlar

DEPRESSIYA VA ICHAK MIKROBIOTASI O’RTASIDAGI ALOQA

Mirzakarimova, Shahnoza, Nabijonovna, Nazokat

DOI: 10.70413/yota-v03-i09-p1-020 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

So‘nggi yillarda depressiya va ichak mikrobiotasi o‘rtasidagi bog‘liqlik ilmiy tadqiqotlarda diqqat markazida turibdi. Ichak mikrobiotasi – insonning ichaklarida yashovchi mikroorganizmlar majmuasi bo‘lib, u hazm qilish jarayoni, immunitet va markaziy asab tizimi faoliyatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ichak mikrobiotasining muvozanatining buzilishi ruhiy holatga, xususan depressiya rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Ushbu maqolada depressiya va ichak mikrobiotasi o‘rtasidagi biologik mexanizmlar, shu jumladan ichak-miya o‘qi orqali signallarning uzatilishi, mikrobiotada mavjud Lactobacillus, Bifidobacterium va Faecalibacterium turlarining depressiya bilan bog‘liqligi tahlil qilinadi. Shuningdek, probiyotiklar, prebiotiklar va turmush tarzini o‘zgartirish orqali depressiyani oldini olish yoki yengillashtirish imkoniyatlari ham ko‘rib chiqiladi. Maqola depressiya bilan bog‘liq mikrobiologik o‘zgarishlarni tushunishga, shuningdek, yangi davolash strategiyalarini rivojlantirishga hissa qo‘shadi.

Depressiya, ichak mikroflora, ruhiy holat, probiyotik terapiya, prebiotiklar, gut-miya aloqasi, Lactobacillus, Bifidobacterium, Faecalibacterium

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.