Бюллетень студентов Нового Узбекистана 4-jild 4-son (2026) · 65–73-betlar
O‘ZBEKISTONDA KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH UCHUN YARATILGAN SHART-SHAROITLAR
Karimova, Muslimaxon
DOI: 10.5281/zenodo.19651271 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Mazkur maqolada O‘zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning zamonaviy holati, uning iqtisodiyotdagi o‘rni hamda rivojlanish tendensiyalari tahlil qilingan. Tahlillar natijasida kichik biznes subyektlari iqtisodiyotning deyarli barcha tarmoqlarida faoliyat yuritayotgani, bandlikni ta’minlash va iqtisodiy o‘sishda muhim ahamiyat kasb etayotgani aniqlangan. Shuningdek, davlat tomonidan yaratilgan qulay shart-sharoitlar, soddalashtirilgan soliq tizimi, moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari va institutsional islohotlar kichik biznes rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatayotgani asoslab berilgan. Tadqiqotda kichik tadbirkorlikning statistik ko‘rsatkichlari, hududiy taqsimoti hamda tarmoqlar kesimidagi ulushi o‘rganilib, uning iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashdagi roli yoritilgan. Yakunda sohani yanada rivojlantirish bo‘yicha ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
kichik biznes, xususiy tadbirkorlik, tadbirkorlik muhiti, davlat qo‘llab-quvvatlashi, iqtisodiy islohotlar, bandlik, soliq tizimi, moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, kredit va grantlar, statistik tahlil.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.