Бюллетень студентов Нового Узбекистана 4-jild 4-son (2026) · 74–79-betlar
О‘ZBEKISTОN SUG‘URTА BОZОRINI RIVОJLАNTIRISHDА XАLQАRО MАKRОIQTISОDIY TАMОYILLАRINI QО‘LLАSH
Negmatova, Nilufar
DOI: 10.5281/zenodo.19651291 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Mazkur maqolada O‘zbekiston sug‘urta bozorini rivojlantirishda xalqaro makroiqtisodiy tamoyillarning o‘rni va ahamiyatini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Ishda sug‘urta bozorining milliy iqtisodiyotdagi roli, uning makroiqtisodiy barqarorlikka ta’siri hamda rivojlanish tendensiyalari ilmiy yondashuv asosida o‘rganilgan. Xalqaro tajribalar asosida sug‘urta faoliyatini tartibga solish, risklarni boshqarish, moliyaviy barqarorlikni ta’minlash va investitsion resurslarni shakllantirish mexanizmlari tahlil qilingan. Natijalar sug‘urta bozorini rivojlantirishda xalqaro makroiqtisodiy tamoyillardan foydalanish milliy iqtisodiyotning barqaror o‘sishini ta’minlash, moliyaviy tizimning ishonchliligini oshirish va iqtisodiy xatarlarni kamaytirishda muhim omil ekanini tasdiqlaydi. Maqolada sug‘urta bozorining rivojlanish darajasi bilan makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik statistik usullar orqali asoslab berilgan. Olingan natijalar asosida sug‘urta bozorini yanada rivojlantirishga qaratilgan ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Sug‘urta, YAIM, makroiqtisodiy barqarorlik, sug‘urta mukofoti, iqtisodiy o‘sish.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.