Бюллетень студентов Нового Узбекистана 4-jild 5-son (2026) · 122–127-betlar
OG'ZAKI XALQ IJODINING TIL RIVOJLANISHIGA TA'SIRI
Mahmudov, Muhammaddiyor, Axunov, Muqumjon
DOI: 10.5281/zenodo.20268686 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Ushbu ilmiy maqolada og'zaki xalq ijodining o'zbek tili rivojiga ko'rsatgan ta'siri keng ko'lamli ilmiy-nazariy va amaliy jihatlar asosida tahlil qilinadi. Og'zaki xalq ijodi — maqollar, matallar, ertaklar, dostonlar, topishmoqlar va rivoyatlar — asrlar davomida xalqning til boyligi, tafakkuri va dunyoqarashini mujassam etib kelgan bebaho ma'naviy meros sifatida alohida ahamiyat kasb etadi. Maqolada ushbu janrlarning tilning leksik, fonetik, stilistik va frazeologik jihatdan boyishiga qo'shgan hissasi ilmiy dalillar va aniq misollar asosida yoritiladi. Shuningdek, og'zaki ijod namunalarining til me'yorlarini shakllantirish, nutq madaniyatini rivojlantirish hamda milliy til o'zligini avloddan-avlodga yetkazishdagi tutgan o'rni alohida ta'kidlanadi. Xalq og'zaki ijodi orqali yangi so'z va iboralarning paydo bo'lishi, sinonim va antonim qatlamining kengayishi hamda obrazli ifoda vositalarining takomillashuvi mumtoz adabiy meros va zamonaviy tilshunoslik nuqtai nazaridan izohlanadi. Mahmud Qoshg'ariy, Alisher Navoiy, Yusuf Xos Hojib kabi mumtoz allomalarning asarlarida og'zaki ijod bilan bog'liq lingvistik materiallar tahlil qilinib, zamonaviy tadqiqotchilar T. Mirzayev va B. Sarimsoqovlarning xulosalari bilan qiyoslanadi. Maqola globallashuv sharoitida milliy tilni saqlash va rivojlantirishda og'zaki ijodning o'rnini yanada chuqur anglab yetishga xizmat qiladi..
Til rivoji, Til boyligi, Leksik qatlam, Frazeologiya, Maqollar va matallar, Ertaklar, Dostonlar, Rivoyatlar, Topishmoqlar, Obrazli ifoda, Nutq madaniyati, Til me'yorlari, So'z boyishi, Sinonim va antonimlar, Milliy til.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.