Бюллетень студентов Нового Узбекистана 4-jild 5-son (2026) · 134–140-betlar
EKSTREMAL SHAROITDA O’SADIGAN O’SIMLIKLAR RIZOSFERASIDAN BAKTERIYALARNI AJRATIB OLISH VA ULARNING STRESS SHAROITLARIGA CHIDAMLILIGIGA KO`RA SKRINING QILISH
Muhammadiyeva, Sabrina, Eshbekova, Guljaxon
DOI: 10.5281/zenodo.20269041 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Mazkur tadqiqotda ekstremal ekologik sharoitlarda o‘sadigan o‘simliklar rizosferasidan ajratib olingan bakteriyalarning biologik va fiziologik xususiyatlari o‘rganildi. Xususan, ajratilgan bakteriya shtammlarining antibiotiklarga chidamliligi, yuqori darajadagi sho‘rlanish sharoitlariga moslashuvchanligi hamda fitopatogen zamburug‘larga qarshi antagonistik faolligi baholandi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, ekstremal sharoitga moslashgan rizosfera bakteriyalari ko‘p funksiyali himoya mexanizmlariga ega bo‘lib, ular nafaqat stress omillariga chidamli, balki o‘simliklarni kasalliklardan himoya qilishda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu bakteriyalar qishloq xo‘jaligida bioo‘g‘it va biopreparat sifatida qo‘llash uchun istiqbolli hisoblanadi..
rizosfera bakteriyalari, ekstremal sharoit, antibiotikka chidamlilik, sho‘rlanishga chidamlilik, antifungal faollik, fitopatogen zamburug‘lar, biokontrol, stressga chidamlilik, mikroorganizmlar.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.