Бюллетень студентов Нового Узбекистана 4-jild 5-son (2026) · 148–153-betlar
QASHQADARYO VILOYATI SHAROITIDA BIOEKOLOGIYASI VA URUGʻ BILAN KO'PAYTIRISH USULLAR
Арабова, Нодира, Бурибоев, Бектемир
DOI: 10.5281/zenodo.20320347 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Ushbu maqolada Leonurus turkestanicus V.I.Krecz. & Kuprian. (Lamiaceae) turning Qashqadaryo viloyati sharoitida bioekologik xususiyatlari, urug' unuvchanligi va ko'paytirish usullari kompleks tadqiq etilgan. 2023–2024-yillarda dala va laboratoriya tajribalari asosida turning ontogenezi, morfometrik ko'rsatkichlari, urug'larining laboratoriya (92-94%) va dala (21-28%) sharoitlaridagi unuvchanligi o'rganildi. To'rtta organik o'g'it variantlari (biogumus, go'ng, neytrallangan torf, nazorat) dala tajriba sharoitida sinovdan o'tkazildi. Biogumus varianti urug' unuvchanligi (28%), o'simlik bo'yi (168 sm) va barglar soni (4312) bo'yicha bosh variant sifatida ajralib chiqdi. Sovuqqa chidamlilik tekshiruvida L. turkestanicus ning saqlanuvchanligi 82,57-97,61% ni tashkil etdi. Tadqiqot natijalari turning Qashqadaryo vohasida dorivor plantatsiya tashkil etish uchun ilmiy asos yaratadi..
Leonurus turkestanicus, arslonquyruq, bioekologiya, urug' unuvchanligi, ontogenez, Qashqadaryo, organik o'g'it, biogumus, morfometriya, dorivor o'simlik, introduksiya, ko'paytirish usullari.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.