Бюллетень студентов Нового Узбекистана 4-jild 6-son (2026) · 88–93-betlar
DAVLAT BOSHQARUVINING EVOLYUTSIYASI: AN’ANAVIY VA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR
Abdiqodirova, Gavxaroy
DOI: 10.5281/zenodo.20701590 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Ushbu maqolada davlat boshqaruvi tizimining vujudga kelishi, tarixiy rivojlanish bosqichlari hamda an’anaviy va zamonaviy yondashuvlarning qiyosiy evolyutsiyasi tahlil qilingan. Tadqiqotda Maks Veberning an’anaviy iyerarxik byurokratiya modeli va zamonaviy "Yangi davlat boshqaruvi", "Yaxshi boshqaruv" (Good Governance) hamda raqamli transformatsiya (e-hukumat) konsepsiyalari o‘rtasidagi konseptual farqlar ochib berilgan. Shuningdek, Singapur kabi davlatlarning muvaffaqiyatli tajribasi va O‘zbekiston Respublikasida so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan ma’muriy islohotlar, korrupsiyaga qarshi kurash tizimi, "O‘zbekiston – 2030" va sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish strategiyalari batafsil o‘rganilgan. Maqola yakunida respublikamizda davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish, hokimiyatlar bo‘linishi prinsipini mustahkamlash, mahalliy hokimliklarni nomarkazlashtirish va parlament tizimini isloh qilish bo‘yicha amaliy taklif va tavsiyalar ilgari surilgan.
Davlat boshqaruvi, evolyutsiya, an’anaviy byurokratiya, Yangi davlat boshqaruvi, Good Governance, elektron hukumat, ma’muriy islohotlar, Singapur tajribasi, O‘zbekiston – 2030 strategiyasi, sun’iy intellekt, nomarkazlashtirish, parlamentarizm.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.