Бюллетень студентов Нового Узбекистана 4-jild 5-son (2026) · 219–223-betlar

BOSHLANG‘ICH SINF MATEMATIKA DARSLIKLARINING XALQARO BAHOLASH MEZONLARI ASOSIDA TAHLILI

Meliyeva, Xusnida

DOI: 10.5281/zenodo.20769168 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf (4-sinf) matematika darsliklarining xalqaro baholash mezonlari—xususan, TIMSS 2023 talablari—asosida tahlil qilish masalalari yoritilgan. TIMSS 2023 matematika baholash mazmun sohalari (sonlar, o‘lchash va geometriya, ma’lumotlar) va kognitiv sohalar (bilish, qo‘llash, mulohaza yuritish) bo‘yicha tahlil qilish metodikasi taklif etilgan. Maqolada O‘zbekistonning Milliy o‘quv dasturi asosida yangilangan darsliklar tahlili, mavjud muammolar va xorijiy tajriba (Finlandiya, Singapur, Xitoy, AQSh) bilan taqqoslash asosida metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari darsliklarda protsessual bilimlar ustunligi, mulohaza yuritish va real hayot kontekstidagi topshiriqlarning yetarli emasligini ko‘rsatgan. 

boshlang‘ich sinf, matematika darsliklari, TIMSS, xalqaro baholash mezonlari, mazmun sohalari, kognitiv sohalar, mazmun tahlili, O‘zbekiston..

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.