Бюллетень студентов Нового Узбекистана 4-jild 6-son (2026) · 118–124-betlar

TIBBIYOT TEXNIKUMLARIDA INNOVATSION TA’LIM TEXNOLOGIYALARINING KASBIY KOMPETENSIYALARNI RIVOJLANTIRISHDAGI O‘RNI

Berdikulova, Feruza

DOI: 10.5281/zenodo.20797051 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Mazkur maqolada tibbiyot texnikumlarida innovatsion ta’lim texnologiyalarining bo‘lajak o‘rta tibbiyot xodimlarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishdagi o‘rni kompetensiyaviy yondashuv nuqtai nazaridan tahlil qilinadi. Tadqiqotning dolzarbligi tibbiyot sohasida kadrlar tayyorlash sifatiga qo‘yilayotgan talablarning ortib borishi, raqamli transformatsiya va bemor xavfsizligi tamoyillariga asoslangan amaliyotga yo‘naltirilgan ta’lim zarurati bilan belgilanadi. Maqolaning maqsadi simulyatsion ta’lim, case-study, muammoli ta’lim va raqamli platformalar kabi innovatsion texnologiyalarning o‘quvchilarning klinik fikrlash, amaliy ko‘nikma va kasbiy muloqot kompetensiyalariga ta’sirini nazariy va empirik jihatdan asoslashdan iborat

innovatsion ta’lim texnologiyalari, kasbiy kompetensiya, kompetensiyaviy yondashuv, tibbiyot texnikumi, simulyatsion ta’lim, case-study, muammoli ta’lim, raqamli ta’lim platformalari, klinik fikrlash, o‘rta tibbiyot ta’limi.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.