Бюллетень студентов Нового Узбекистана 4-jild 7-son (2026) · 17–23-betlar

FUQAROLIK HUQUQINING RAQAMLI TRANSFORMATSIYASI: AN’ANAVIY VA INNOVATSION HUQUQIY YONDASHUVLAR

Abdullayeva, Barno

DOI: 10.5281/zenodo.21278724 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Zamonaviy jamiyatda raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi huquqiy tizimning barcha sohalariga, xususan, fuqarolik huquqiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Mazkur maqolada raqamli transformatsiyaning fuqarolik huquqi institutlariga, jumladan, shartnomaviy munosabatlar, elektron tijorat, intellektual mulk va shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilish sohalariga ta’siri tahlil qilingan. Maqolada elektron shartnomalar, smart-kontraktlar, elektron raqamli imzo kabi innovatsion huquqiy vositalarning mohiyati yoritilib, an’anaviy va innovatsion yondashuvlarning afzallik hamda kamchiliklari qiyosiy jadval asosida ko‘rsatib berilgan.

raqamli transformatsiya, fuqarolik huquqi, elektron shartnoma, smart-kontrakt, elektron tijorat, intellektual mulk huquqi, shaxsga doir ma’lumotlar, elektron raqamli imzo.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.