Бюллетень студентов Нового Узбекистана 4-jild 7-son (2026) · 44–49-betlar
O'ZBEKISTON KO'CHMAS MULK BOZORIDA TURAR XONADONLARNI SOTISH JARAYONINI RAQAMLASHTIRISH: NAZARIY ASOSLAR, XALQARO TAJRIBA VA PROPTECH PLATFORMALAR TAHLILI.
Xodjayev, Maksudbek
DOI: 10.5281/zenodo.21455268 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Ushbu maqolada O'zbekiston Respublikasida turar xonadonlarni sotish jarayonini raqamlashtirish masalalari nazariy jihatdan o'rganilgan. Ko'chmas mulk bozorining hozirgi holati tahlil qilinib, sotish jarayonining 7 ta asosiy bosqichi (e'lon, qidirish, ko'rik, muzokaralar, hujjatlashtirish, to'lov, ro'yxatdan o'tkazish) tizimli tavsiflangan. Xalqaro PropTech platformalari — Zillow (AQSh), Rightmove (Buyuk Britaniya), CIAN (Rossiya), Domain (Avstraliya) — qiyosiy tahlil qilingan. O'zbekistondagi mavjud platformalar (OLX.uz, Makler.uz, Xona.uz, Uybor.uz) funksional jihatdan baholangan va ularning hech birida sotish jarayonini to'liq nazorat qilish funksiyasi mavjud emasligi aniqlangan. Zamonaviy web-texnologiyalar (React.js, NestJS, PostgreSQL, ElasticSearch), arxitektura modellari (mikroservislar, serverless, Jamstack) va xavfsizlik texnologiyalari (JWT, OAuth 2.0, KYC/AML) tahlil qilingan. Tadqiqot O'zbekiston bozori uchun sotish jarayonini to'liq nazorat qiluvchi platformani yaratish zarurligini ilmiy asoslaydi
ko'chmas mulk, PropTech, onlayn platforma, turar xonadon, sotish jarayoni, raqamlashtirish, web-texnologiyalar, mikroservislar, React.js, NestJS, PostgreSQL, ElasticSearch, JWT, OAuth 2.0, KYC, escrow, narx bashorati, virtual tur, UI/UX, raqamli iqtisodiyot.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.