Бюллетень студентов Нового Узбекистана 4-jild 7-son (2026) · 64–69-betlar

MARKETING STRATEGIYASINI QO'LLASH ORQALI KORXONALARNI SAMARALI BOSHQARISH YO'LLARI

Sayfullayeva, Maxsuma, Mamatqobilov, Sherali

DOI: 10.5281/zenodo.21638098 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Ushbu maqolada marketing strategiyasining korxona boshqaruv tizimidagi o'rni, uni ishlab chiqish va amalga oshirish bosqichlari tahlil qilingan. Bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobat kuchayib borayotgan bir davrda korxonalarning barqaror rivojlanishi ko'p jihatdan to'g'ri tanlangan marketing strategiyasiga bog'liqligi asoslab berilgan. Maqolada O'zbekiston sharoitida korxonalar tomonidan marketing strategiyalarini qo'llash amaliyoti, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo'yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari korxona rahbarlari va marketing bo'limi mutaxassislari uchun amaliy ahamiyatga ega. 

marketing strategiyasi, korxona boshqaruvi, raqobatbardoshlik, bozor segmentatsiyasi, iste'molchilar ehtiyoji, marketing kompleksi, samaradorlik..

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.