Бюллетень студентов Нового Узбекистана 4-jild 8-son (2026) · 16–19-betlar
O'ZINI-O'ZI DAVOLASH: RETSEPTSIZ DORI ICHISHNING YASHIRIN XAVFLARI
Ergashova, Dildora, Eshonqulova, Muxlisa, Turdiyeva, Mafura
DOI: 10.70413/yota-v04-i08-p1-009 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Mazkur maqolada o‘zini-o‘zi davolash, xususan, retseptsiz dori vositalaridan foydalanishning inson salomatligi va jamiyat uchun yuzaga keltirishi mumkin bo‘lgan xavflari tahlil qilingan. Unda aholining shifokorga murojaat qilmasdan dori qabul qilishiga sabab bo‘luvchi omillar, jumladan, tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatining cheklanganligi, moliyaviy sabablar, avvalgi davolanish tajribasi va dorilarning nazoratsiz sotilishi kabi holatlar yoritilgan. Shuningdek, noto‘g‘ri tashxis, dori vositalarining nojo‘ya ta’siri va o‘zaro ta’siri kabi xavflar ko‘rib chiqilgan. Maqolada antibiotiklarni asossiz qo‘llash natijasida yuzaga keladigan antimikrob chidamlilik muammosiga alohida e’tibor qaratilib, uning nafaqat alohida bemor, balki butun jamiyat salomatligiga ta’siri ochib berilgan. Yakunda o‘zini-o‘zi davolashni kamaytirish, antibiotiklardan faqat mutaxassis tavsiyasi asosida foydalanish, dori vositalarini to‘g‘ri saqlash va kasalliklarning oldini olishga qaratilgan amaliy tavsiyalar berilgan..
o'zini-o'zi davolash, retseptsiz dori, antibiotiklarga chidamlilik, antimikrob rezistentlik, dorixona, farmatsevtika, nojo'ya ta'sir, dori o'zaro ta'siri, jamoat sog'lig'i, bakterial infeksiya, noto'g'ri tashxis, sog'liqni saqlash.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.