Eurasian Journal of Law, Finance and Applied Sciences 6-jild 7-son (2026) · 33–48-betlar
RAQAMLI IQTISODIYOTDA DEGRADATSIYAGA UCHRAGAN YERLARNI QAYTA TIKLASHDA KARBON AKTIVLARINI AVTOMATLASHTIRILGAN MONETIZATSIYA QILISH VA MONITORING PLATFORMASI
Tuxtashev, Farxod
DOI: 10.5281/zenodo.21621980 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Mazkur maqolada raqamli iqtisodiyot sharoitida degradatsiyaga uchragan yerlarni qayta tiklash jarayonida karbon aktivlarini shakllantirish, ularni avtomatlashtirilgan tarzda monitoring qilish, baholash va xalqaro karbon bozorlarida monetizatsiya qilishning ilmiy-amaliy asoslari tadqiq etilgan. Global iqlim o’zgarishi, yer degradatsiyasi va issiqxona gazlari emissiyasining ortib borishi sharoitida karbon aktivlarini samarali boshqarish ekologik barqarorlikni ta’minlash hamda yashil iqtisodiyotga o’tishning muhim omillaridan biri sifatida asoslangan. Tadqiqotda degradatsiyaga uchragan yerlarni rekultivatsiya qilish natijasida hosil bo’ladigan karbon sekvestratsiyasi hajmini aniqlash, karbon kreditlarini shakllantirish va ularni raqamli platformalar orqali iqtisodiy aktivga aylantirish mexanizmlari ishlab chiqilgan.
Raqamli iqtisodiyot, karbon aktivlari, karbon kreditlari, degradatsiyaga uchragan yerlar, rekultivatsiya, karbon sekvestratsiyasi, GIS, Remote Sensing, IoT.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.