Бюллетень педагогов Нового Узбекистана 4-jild 4-son (2026) · 55–58-betlar

O‘ZBEK VA INGLIZ TILLARIDA GENDER KATEGORIYASINING IFODALANISHI: LINGVISTIK VA SOTSIOMADANIY YONDASHUV

Axmadova, Feruza, Xoliqulova, Farangiz

DOI: 10.5281/zenodo.19608270 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Mazkur tadqiqotda o‘zbek va ingliz tillarida gender kategoriyasining ifodalanishi lingvistik hamda sotsiomadaniy yondashuv asosida tahlil qilinadi. Tadqiqot doirasida genderning grammatik, leksik va semantik darajalarda namoyon bo‘lish xususiyatlari o‘rganilib, ikki til o‘rtasidagi o‘xshash va farqli jihatlar aniqlanadi. O‘zbek tilida gender kategoriyasining grammatik jihatdan mavjud emasligi va uning asosan leksik hamda kontekstual vositalar orqali ifodalanishi ko‘rsatib beriladi. Ingliz tilida esa genderning qisman grammatik ifodasi, ayniqsa olmoshlar tizimi orqali namoyon bo‘lishi tahlil qilinadi. Shuningdek, gender kategoriyasining ifodalanishida sotsiomadaniy omillarning ta’siri, xususan, zamonaviy ingliz tilida gender neytralligi tendensiyasining kuchayib borayotgani yoritiladi. 

gender kategoriyasi, lingvistik ifoda, sotsiomadaniy yondashuv, o‘zbek tili, ingliz tili, qiyosiy tahlil, gender neytralligi, grammatik jins, leksik vositalar, sotsiolingvistika

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.