Eurasian Journal of Academic Research 2-jild 11-son (2022) · 414–417-betlar
O‘ZBEKISTON ME’MORIY YODGORLIKLARI TARIXINING YORITILISHIDA ARXIV HUJJATLARINING AHAMIYATI
Xo’jageldiyev, Ibodulla
DOI: 10.5281/zenodo.7192537 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Asrlar davomida o‘zbek xalqi tomonidan yaratilgan me’moriy meros namunalarini o‘rganish masalasi qator soha mutaxassislarini qiziqtirgan dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, respublikamizning Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz kabi tarixiy shaharlarda bunyod etilgan tarixiy obidalar tarixini o‘rganishga mutaxassislar tomonidan alohida e’tibor qaratilgan. Ushbu tarixiy shaharlarning yubileylari YUNESKO bilan hamkorlikda nishonlangani ularning jahon moddiy madaniyati durdonalari qatoriga kiritilganidan dalolat beradi. Ularda joylashgan me’moriy obidalar tarixini yoritishda o‘tgan asrda yaratilgan arxiv hujjatlari muhim manbaviy asos hisoblanadi. Mavzuga doir arxiv hujjatlari ahamiyatini ochib berish hujjatshunos va arxivshunos mutaxassislar oldida turgan dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.
Milliy arxiv, Samarqand, Buxoro, Xorazim, M.Ye.Masson, G.A.Pugachenkova , B.N. Zasipkinlar, Ichan qal’a darvozalari, qal’a devori
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.