Бюллетень педагогов Нового Узбекистана 1-jild 5-son (2023) · 93–96-betlar
MAKTABGACHA TA'LIM TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH MEXANIZMLARI
Botirova, Zuhraxon
DOI: 10.70413/yopa-v01-i12-p1-014 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Inson hayotining eng muhim davrlaridan biri - maktabgacha bolalik davridir. Ko‘pincha, bu yoshdagi bola maktabgacha ta’lim tashkilotiga qatnaydi. Maktabgacha ta’lim tashkiloti - bu bolalar uchun nafaqat bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish, balki eng muhimi, birinchi ijtimoiy tajriba olish uchun eng yaxshi joydir. Maktabga tayyorgarlik muhim ahamiyatga egadir. Shu bois mamlakatimizda maktabgacha ta’limni rivojlantirish ustuvor vazifalardan biri bo’lib xisoblanadi. Shu munosabat bilan o’tgan yillar davomida maktabgacha ta’lim tizimini takomillashtirish ustida ko’plab ijobiy natijalarga erishilmoqda. Ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish bolalarning rivojlanganligi darajasini va ularning umumiy boshlang‘ich ta’limga tayyorligini, shuningdek, ularning ijtimoiy, shaxsiy, hissiy, nutqiy, jismoniy va ijodiy rivojlanishini baholash asosida amalga oshirilishi lozim. Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tizimini takomillashtirish mexanizmlari va ularning samarali natijalari atroflicha yoritib berilgan.
Mexanizm, intellekt, kapital ta’mirlash, pedagogik texnologiyalar, tendensiya, boshqaruv tizimi, rekonstruksiya..
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.