Бюллетень педагогов Нового Узбекистана 2-jild 5-son (2024) · 44–47-betlar

BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARIGA CHET TILINI O'RGATISHDA GENDER YONDASHUVI

Sharifzoda, Marjona

DOI: 10.70413/yopa-v02-i05-p1-009 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

So'nggi o'n yil ichida ta'lim maqsadlari va ularni amalga oshirish yo'llari g'oyasida tub o'zgarishlar yuz berdi. Bilim tizimini taqdim etishdan muammolarni faol hal qilish va muayyan yechimlarni ishlab chiqishga, individual fanlarni o'zlashtirishdan murakkab hayotiy vaziyatlarni ko'p tarmoqli o'rganishga, o'qituvchi va o’quvchilarning ta'lim mazmuni va usullarini tanlashda hamkorligiga o'tish mavjud. Ushbu o'tish ta'limdagi qiymat ko'rsatkichlarining o'zgarishi bilan bog'liq. Boshlang'ich ta'limning qiymat ko'rsatkichlari Davlat ta'lim standarti talablarida ifodalangan ta'lim tizimiga shaxsiy, ijtimoiy va davlat buyurtmalarini belgilaydi. Mazkur maqolada davlat buyurtmalarining muhim vazifalaridan biri boshlang’ich sinf o’quvchilariga chet tillarini o’qitishning muammo va yechimlari to’g’risida fikr yuritiladi. Shuningdek, ushbu masalani gender yondashuvi asosida amalga oshirishning ijobiy jihatlari yoritib beriladi.

Ta’lim tizimi, gender yondashuv, boshlang’ich ta’lim, metodika, chet tillari.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.