Бюллетень педагогов Нового Узбекистана 3-jild 10-son (2025) · 4–6-betlar
QORAQALPOQ TILI DARSLARIDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI
Asqarova, Mexriyban
DOI: 10.5281/zenodo.17291326 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Mazkur maqolada Qoraqalpoq tili darslarida interfaol metodlardan foydalanishning samaradorligi tahlil qilinadi. Avvalo, interfaol metodlarning o‘quvchilarni dars jarayonida faol ishtirokchi sifatida shakllantirishdagi ahamiyati ochib beriladi. Shuningdek, “Aqliy hujum”, “Klaster”, “Insert”, “Debat” va “Rol o‘ynash” kabi metodlarning amalda qo‘llanishi hamda ularning ta’lim jarayoniga ta’siri misollar asosida yoritiladi. Maqolada interfaol metodlarning o‘quvchilarda mustaqil va ijodiy fikrlashni rivojlantirishi, mantiqiy tafakkurni kuchaytirishi, nutq madaniyatini shakllantirishi, shuningdek, ijtimoiylashuv jarayoniga yordam berishi ilmiy nuqtai nazardan asoslab berilgan. Bundan tashqari, maqolada o‘quvchilar nutqini izchil va aniq qilishda bog‘lovchi so‘zlarning o‘rni ham ko‘rsatib o‘tilgan. Natijada, interfaol metodlardan foydalanish Qoraqalpoq tili darslarining samaradorligini oshirishda muhim omil ekanligi ta’kidlangan.
Qoraqalpoq tili, interfaol metodlar, ta’lim samaradorligi, aqliy hujum, klaster, debat, insert, rol o‘ynash, nutq madaniyati, mantiqiy tafakkur, ijodiy fikrlash.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.