Бюллетень педагогов Нового Узбекистана 3-jild 10-son (2025) · 38–41-betlar
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR UCHUN RASM CHIZISH ORQALI ART TERAPIYA METODLARI.
Amirova, Nodira, Talipova, Feruza
DOI: 10.5281/zenodo.17350615 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalar psixologik rivojlanishida rasm chizish orqali art terapiya metodlarining o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Ilmiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ijodiy faoliyat, ayniqsa tasviriy san’at mashg‘ulotlari, bolalarning emotsional holatini barqarorlashtirish, stress va xavotirni kamaytirish hamda shaxslararo munosabatlarini yaxshilashda samarali vosita hisoblanadi. Rasm chizish jarayonida bola o‘z his-tuyg‘ularini ranglar va shakllar orqali ifodalaydi, bu esa ularning ichki dunyosini ochib berish bilan birga ijobiy psixologik muhitni shakllantiradi. Maqolada erkin rasm chizish, mavzuli rasm ishlash, rang terapiyasi, guruhiy ijodiy mashg‘ulotlar va fantaziya asosida chizish kabi metodlar ilmiy asoslangan holda tahlil qilinadi. Shuningdek, art terapiya vositalaridan foydalanishning pedagogik va psixologik natijalari, ularni maktabgacha ta’lim muassasalarida qo‘llashning samaradorligi haqida xulosalar berilgan
Maktabgacha yosh davri bolaning shaxsiyati shakllanishi, emotsional dunyosi va ijodiy qobiliyatlari rivojida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.