Бюллетень педагогов Нового Узбекистана 3-jild 10-son (2025) · 71–73-betlar
O‘ZBEK TILIDA NEOLOGIZMLARNING SHAKLLANISH JARAYONI VA ULARNING QO‘LLANISH SOHASI
Bektemirova, Gulasal
DOI: 10.70413/yopa-v03-i10-p1-019 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Mazkur maqolada o‘zbek tilida neologizmlarning shakllanish jarayoni va ularning qo‘llanish sohalari tahlil qilinadi. Jamiyatdagi ijtimoiy o‘zgarishlar, texnologik taraqqiyot va yoshlar tili ta’sirida paydo bo‘layotgan yangi so‘zlarning leksik va semantik xususiyatlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, internet va globalizatsiya jarayonlari natijasida o‘zbek tiliga kirib kelgan yangi birliklarning adabiy tildagi o‘rni, ularning o‘zlashuv darajasi hamda milliy leksikaga ta’siri yoritiladi. Maqolada “bloger”, “post”, “kontent”, “trend”, “onlayn dars”, “blok qilmoq” kabi zamonaviy neologizmlar misolida yoshlar nutqidagi til o‘zgarishlari ham tahlil etilgan. Muallif tomonidan tilning yangilanishi tabiiy hodisa sifatida baholanib, leksik boylikni asrab qolish zarurati ham asoslab berilgan.
O‘zbek tili, neologizm, leksik o‘zgarish, internet tili, texnologiya, yoshlar tili, globalizatsiya, yangi so‘zlar, o‘zlashma, til taraqqiyoti, madaniy ta’sir..
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.