Бюллетень педагогов Нового Узбекистана 3-jild 3-son (2025) · 55–61-betlar

QISHLOQ XO'JALIGI MAHSULOTLARI MARKETINGIDA INNOVATSION YONDASHUVLAR

Nazarova, Gulruh

DOI: 10.5281/zenodo.15105779 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Zamonaviy qishloq xo‘jaligi mahsulotlari marketingida innovatsion yondashuvlar yetakchi o‘rin egallamoqda. Raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt, blokcheyn va IoT (Internet of Things) kabi yechimlar fermer xo‘jaliklarining samaradorligini oshirib, iste’molchilarga sifatli mahsulot yetkazib berishga yordam bermoqda. Elektron tijorat platformalari, aqlli ta’minot zanjiri tizimlari va onlayn marketing strategiyalari qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini bozorda yanada raqobatbardosh qilishga xizmat qiladi. Shuningdek, ekologik toza mahsulotlarga bo‘lgan talabni qondirish maqsadida yashil marketing usullari, bio-sertifikatsiyalash hamda barqaror qadoqlash texnologiyalari keng joriy etilmoqda. Innovatsion yondashuvlar orqali fermerlar bevosita iste’molchilar bilan bog‘lanib, vositachilarsiz savdo qilish imkoniyatiga ega bo‘lishmoqda. Shuningdek, sun’iy intellekt yordamida narx belgilash, talabni bashorat qilish va mahsulot yetkazib berish jarayonlari avtomatlashtirilmoqda. Umuman olganda, innovatsion yondashuvlar qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining bozorga chiqish jarayonini soddalashtirib, samaradorlik va rentabellikni oshirishga xizmat qiladi.

Innovatsion marketing, qishloq xo‘jaligi texnologiyalari, raqamli marketing, sun’iy intellekt, blokcheyn, IoT, elektron tijorat, aqlli ta’minot zanjiri, yashil marketing, bio-sertifikatsiya, barqaror qadoqlash, fermerlar uchun platformalar, onlayn savdo, iste’molchi talabini bashorat qilish, narx belgilash strategiyalari.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.