Бюллетень педагогов Нового Узбекистана 3-jild 4-son (2025) · 23–27-betlar

AXBOROT VA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNING TA’LIM JARAYONLARIGA INTEGRATSIYASINING NAZARIY-METODOLOGIK ASOSLARI

Salimova, Sarvinoz, Maxmudova, Mehriniso

DOI: 10.70413/yopa-v03-i04-p1-006 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Mazkur maqolada axborot va innovatsion texnologiyalarni (AIT) biologiya ta’lim jarayoniga integratsiyalashning nazariy-metodologik asoslari ko‘rib chiqilgan. Inson kapitalini rivojlantirishda zamonaviy pedagogik texnologiya va raqamli vositalarning ahamiyati bugungi kunda yuksalib bormoqda. Xususan, biologiya fanida elektron darsliklar, virtual laboratoriya mashg‘ulotlari, interaktiv platformalar va mobil ilovalar o‘quvchilarda chuqur bilim, tanqidiy fikrlash hamda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga yordam beradi. Maqolada fanlararo integratsiya va kompetensiyaviy yondashuv asosida biologiya o‘qitish jarayonida AIT ni samarali qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar berilgan.

axborot texnologiyalari, innovatsion texnologiyalar, biologiya ta’limi, virtual laboratoriya, fanlararo integratsiya, raqamli resurslar, kompetensiyaviy yondashuv.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.