Бюллетень педагогов Нового Узбекистана 3-jild 6-son (2025) · 5–9-betlar

HAYOTIY KOMPETENSIYALARNI RIVOJLANTIRISHDA BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA INTEGRATSIYALASHGAN YONDASHUVLAR

Davletov, Erkaboy

DOI: 10.70413/yopa-v03-i06-p1-001 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Ushbu maqolada boshlang‘ich ta’lim jarayonida o‘quvchilarning tayanch hayotiy kompetensiyalarini shakllantirishda integratsiyalashgan yondashuvlarning pedagogik imkoniyatlari tahlil qilinadi. Integratsiyalashgan yondashuv – bu fanlararo bog‘liqlik, o‘quvchilarning amaliy faoliyatga yo‘naltirilgan o‘zaro muloqotlari va real hayot bilan uzviy bog‘langan ta’limiy topshiriqlar orqali o‘z ifodasini topadi. Maqolada integratsiyalashgan ta’limning nazariy asoslari, amaliy modellari hamda ularning hayotiy kompetensiyalar – ijtimoiylashuv, muammolarni hal qilish, tanqidiy fikrlash, sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirishdagi ahamiyati yoritiladi. Shuningdek, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun mos keluvchi integratsiyalashgan dars namunalariga tahliliy yondashuv berilgan va samaradorlikni oshirishga doir metodik tavsiyalar keltirilgan.

integratsiyalashgan yondashuv, hayotiy kompetensiyalar, metodik faoliyat, tanqidiy fikrlash, muammoli vaziyatlar, kommunikativ kompetensiya.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.