Бюллетень педагогов Нового Узбекистана 3-jild 7-son (2025) · 5–8-betlar

ALOHIDA TA’LIM EHTIYOJLARI BO‘LGAN O‘QUVCHILAR UCHUN MOSLASHTIRILGAN MEHNAT SHAROITLARI VA KASBGA YO‘NALTIRISH YO‘LLARI

Qarshiboyev, Sodiqjon

DOI: 10.70413/yopa-v03-i07-p1-001 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Mazkur maqolada alohida ta’lim ehtiyojlariga ega bo‘lgan o‘quvchilarni mehnat bozoriga tayyorlash va ularni kasbga yo‘naltirishda yaratilishi lozim bo‘lgan moslashtirilgan mehnat sharoitlari muhokama etiladi. Unda inklyuziv ta’lim tamoyillariga asoslangan holda, nogironligi bo‘lgan yoki rivojlanishida turli cheklovlarga ega bolalar uchun ijtimoiy-adaptiv muhitni shakllantirish, mehnatga layoqatlilikni aniqlash, kasb tanlashda psixologik-pedagogik yondashuvlar, hamda mehnat bozorining real ehtiyojlariga mos keladigan yo‘nalishlarni tanlash mexanizmlari yoritiladi. Shuningdek, maqolada zamonaviy metodikalar, kasb-hunar maktablarining roli, hamkorlikdagi yondashuvlar va xorijiy tajribalar asosida takliflar beriladi.

inklyuziv ta’lim, kasbga yo‘naltirish, psixologik-pedagogik yondashuv, ijtimoiy moslashuv, kasbiy reabilitatsiya, mehnatga integratsiya

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.