Бюллетень педагогов Нового Узбекистана 3-jild 7-son (2025) · 31–34-betlar

XORAZM MAQOMLARIDA ISHLATILADIGAN MUMTOZ MUSIQA VOSITALARI VA ULARNING FUNKSIYASI

Xayitov, Ruslan

DOI: 10.5281/zenodo.16687387 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Mazkur maqolada Xorazm maqom san’ati tizimida qo‘llaniladigan mumtoz musiqa cholg‘ulari va ularning estetik, ifodaviy hamda funksional xususiyatlari tahlil qilinadi. Xususan, tanbur, dutor, gijjak, doira, sato, nay kabi cholg‘ularning Xorazm maqom yo‘llaridagi tutgan o‘rni, har bir cholg‘u vositasining ijrodagi vazifasi, tembr va dinamika orqali yaratgan obrazlari ilmiy asosda ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, maqom ansambllarida cholg‘ular orasidagi o‘zaro uyg‘unlik va ularning milliy musiqiy tafakkurdagi roli yoritiladi. Maqola mumtoz musiqa ijrochiligi, maqomshunoslik va milliy musiqa merosini o‘rganish sohasida tadqiqot olib borayotgan mutaxassislar uchun nazariy va amaliy ahamiyatga egadir.

Xorazm maqomlari, mumtoz musiqa, milliy cholg‘u asboblari, tanbur, dutor, gijjak, sato, doira, maqom ansambli, ijro uslubi, musiqiy funksiyalar, maqomshunoslik.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.