Бюллетень педагогов Нового Узбекистана 4-jild 5-son (2026) · 22–26-betlar

O‘SMIR INTELLEKTI DINAMIKASINING O‘ZIGA XOS PSIXOLOGIK TASNIFI.

Abdullayeva, Shohida

DOI: 10.5281/zenodo.20195880 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Mazkur ilmiy maqolada o‘smirlik davrida intellektual rivojlanishning dinamik xususiyatlari hamda uning psixologik tasnifi ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. O‘smirlik inson ontogenezidagi eng murakkab va o‘zgaruvchan bosqichlardan biri bo‘lib, ushbu davrda bilish jarayonlari, tafakkur operatsiyalari, mantiqiy xulosa chiqarish, ijtimoiy vaziyatni anglash va o‘zini idrok etish mexanizmlari jadal takomillashadi. Maqolada o‘smir intellekti dinamikasining verbal-mantiqiy, abstrakt-kognitiv, ijtimoiy-refleksiv hamda emotsional-intellektual ko‘rinishlari psixologik jihatdan tasniflanadi. O‘smir intellektining rivojlanish sur’atiga ta’sir etuvchi biologik, ijtimoiy, pedagogik va individual omillar yoritib beriladi. Tadqiqot natijasida o‘smir intellektining o‘ziga xos o‘zgaruvchanligi va notekis rivojlanish mexanizmlari asoslab berilgan. 

o‘smirlik davri, intellekt, intellekt dinamikasi, psixologik tasnif, abstrakt tafakkur, refleksiya, ijtimoiy intellekt, emotsional intellekt, kognitiv rivojlanish, bilish jarayonlari.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.