Бюллетень педагогов Нового Узбекистана 4-jild 5-son (2026) · 135–147-betlar

JINOYAT SODIR ETISHGA TA’SIR QILUVCHI IJTIMOIY-PSIXOLOGIK DETERMINANTLAR VA JINOYATCHI SHAXS TIPOLOGIYASI

Erjanova, Gulchexra, Saatbaeva, Azada

DOI: 10.5281/zenodo.20486412 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Mazkur maqolada jinoiy xatti-harakatlarning ijtimoiy-psixologik determinantlari hamda jinoyatchi shaxsining kriminal tipologiyasi kompleks yondashuv asosida tahlil qilinadi. Jinoyatchilik shaxs va ijtimoiy muhit o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir natijasi sifatida ko‘rib chiqilib, unda ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar, tarbiya tizimi, mikroijtimoiy muhit va shaxsning individual-psixologik xususiyatlari muhim omillar sifatida ajratib ko‘rsatiladi. Tadqiqotda jinoyatchi shaxsning motivatsion sohasi, emotsional-irodaviy barqarorligi, ijtimoiy moslashuv darajasi hamda yuridik ongining shakllanishi kriminal xulq-atvorning asosiy psixologik determinantlari sifatida asoslanadi. Shuningdek, jinoyatchilikning shakllanishida affektiv holatlar, guruhiy bosim, ijtimoiy dezadaptatsiya va qadriyatlar tizimining buzilishi kabi omillarning roli yoritiladi. Jinoyatchi shaxsining kriminal tipologiyasi umumiy, tipik va individual darajalarda tasniflanib, zo‘ravon, egotsentrik va ijtimoiy moslashuvi past bo‘lgan turlar ajratib ko‘rsatiladi. Maqolada jinoyatchilikning oldini olishda psixologik diagnostika va profilaktik yondashuvlarning ahamiyati ham asoslab beriladi. 

jinoyatchilik, ijtimoiy psixologiya, kriminal tipologiya, shaxs, motivatsiya, affekt, ijtimoiy muhit, deviant xulq-atvor, dezadaptatsiya, yuridik ong..

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.