Бюллетень педагогов Нового Узбекистана 4-jild 6-son (2026) · 19–24-betlar
MAKTAB O‘QUVCHILARI O‘RTASIDA TURIZM SOHASINI TAKOMILLASHTIRISH: O‘ZBEKISTON QONUNCHILIGI ASOSIDA ILMIY-AMALIY TAHLIL
Kushbakova, Sevara
DOI: 10.5281/zenodo.20628782 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Mazkur maqolada maktab o‘quvchilari o‘rtasida turizmni rivojlantirishning huquqiy-pedagogik va institutsional asoslari tahlil qilinadi. Tadqiqotda “Turizm to‘g‘risida”, “Ta’lim to‘g‘risida”, “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”, “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi qonunlar hamda maktab ta’limi va ichki turizmga doir prezident va hukumat hujjatlari asosida o‘quvchilar turizmini tizimli tashkil etish zarurati asoslanadi. Muallif maktab turizmini faqat ekskursiya yoki dam olish shakli emas, balki ta’lim, tarbiya, kasbga yo‘naltirish, madaniy merosni anglash, ekologik mas’uliyat va xavfsiz ijtimoiy faollikni shakllantiruvchi kompleks institut sifatida baholaydi. Maqolada normativ-huquqiy bazani aniqlashtirish, “maktab turizmi pasporti”, hududiy o‘quv marshrutlari, raqamli platforma, xavfsizlik standarti va ijtimoiy tenglikni ta’minlashga qaratilgan ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqilga.
maktab turizmi, ichki turizm, o‘quvchi, ta’lim turizmi, madaniy meros, huquqiy tarbiya, xavfsiz turizm, yoshlar siyosati, davlat ta’lim standarti.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.