Бюллетень педагогов Нового Узбекистана 4-jild 6-son (2026) · 151–153-betlar

SUN’IY INTELLEKTNING HAYOTIMIZDAGI AHAMIYATI

Djapparov, Flyur

DOI: 10.5281/zenodo.21023950 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Hozirgi zamon axborot texnologiyalari va sun’iy intellektning rivojlanishi hayotimizning barcha sohalariga katta ta’sir ko‘rsatmoqda. Sun’iy intellekt nafaqat yangi texnologiyalardan biri, balki ijtimoiy va iqtisodiy sohalarda murakkab jarayonlarni avtomatlashtirish va takomillashtirish uchun muhim vositaga aylandi. Shuningdek, uning taraqqiyoti yangi imkoniyatlar bilan birga, ayrim muammolar va xavf xatarlarni ham olib kelmoqda. Maqolada sun’iy intellektning hayotimizga ta’siri, ijobiy va salbiy tomonlari hamda uni rivojlantirish va qonuniy tartibga solish masalalari muhokama qilinadi. 

Axborot texnologiyalari rivojlanishi natijasida sun’iy intellekt reallikka aylandi va shiddat bilan hayotimizga kirib keldi. Hozirda biz foydalanayotgan ko‘plab dasturlar, jumladan, mobil qurilmalarning barchasi sun’iy tafakkur mahsulidir.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.