Бюллетень педагогов Нового Узбекистана 4-jild 8-son (2026) · 14–19-betlar
SUN’IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARIDAN KAR VA SOQOV O‘QUVCHILAR TARBIYASIDA FOYDALANISH IMKONIYATLARI
Egamberdiyeva, Gulnoza
DOI: 10.70413/yopa-v04-i08-p1-002 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Ushbu maqolada sun’iy intellekt texnologiyalaridan kar va soqov o‘quvchilar tarbiyasida foydalanishning zamonaviy imkoniyatlari yoritilgan. Bugungi kunda sun’iy intellekt asosida ishlovchi raqamli vositalar ta’lim-tarbiya jarayonini individuallashtirish, vizual kontent yaratish, muloqotni yengillashtirish, tarbiyaviy materiallarni moslashtirish va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirishda muhim vosita bo‘lib bormoqda. Maqolada tarbiyachilar uchun sun’iy intellektdan foydalanishning amaliy yo‘nalishlari, jumladan, matnni soddalashtirish, rasm va infografika yaratish, raqamli hikoyalar tayyorlash, interaktiv tarbiyaviy topshiriqlar ishlab chiqish, avtomatik subtitrlash, nutqni matnga aylantirish, raqamli avatarlar va imo-ishora tilini qo‘llab-quvvatlovchi texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari tahlil qilingan. Shuningdek, sun’iy intellektdan foydalanishda o‘quvchining individual ehtiyojlari, yoshi, psixologik xususiyatlari, raqamli xavfsizligi va shaxsiy ma’lumotlarini himoya qilish masalalariga e’tibor qaratilgan. Sun’iy intellekt tarbiyachining o‘rnini bosuvchi vosita emas, balki uning pedagogik faoliyatini qo‘llab-quvvatlovchi texnologiya sifatida qo‘llanishi maqsadga muvofiq.
sun’iy intellekt, kar va soqov o‘quvchilar, inklyuziv ta’lim, maxsus pedagogika, tarbiyachi, raqamli texnologiyalar, vizual ta’lim, imo-ishora tili, subtitrlash, nutqni matnga aylantirish, raqamli avatar, raqamli hikoyalash, individual ta’lim, raqamli xavfsizlik.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.