Yosh olimlar 4-jild 32-son (2026) · 21–24-betlar

JAMOAT YO‘LOVCHI TRANSPORTI YO‘NALISHLARIDA YO‘LOVCHILAR OQIMI TAQSIMOTINING HARAKAT MUNTAZAMLIGIGA TA’SIRI

Nazarov, Anvar, Siddiqov, Beknazar

DOI: 10.5281/zenodo.19808719 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Mazkur tadqiqotda Qo‘qon shahrida faoliyat yuritayotgan 82-avtobus yo‘nalishida yo‘lovchilar oqimining bekatlar kesimidagi taqsimoti eksperimental ravishda o‘rganildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, yo‘nalishning boshlanish qismida yo‘lovchilar soni eng yuqori bo‘lib, keyingi bekatlar bo‘ylab asta-sekin kamayib boradi. Qaytish yo‘nalishida esa yo‘lovchilar oqimi dastlab past darajada shakllanib, yo‘nalishning o‘rta qismida maksimal qiymatga yetadi. Bunday taqsimot avtobuslarning sig‘imdan foydalanish koeffitsienti bekatlar bo‘yicha turlicha shakllanishiga olib keladi. Yo‘lovchilar oqimi zichligini inobatga olgan holda qatnov jadvalini moslashtirish jamoat transporti harakati muntazamligi va xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish imkonini beradi.

yo‘lovchilar oqimi, avtobus yo‘nalishi, muntazamlik, sig‘imdan foydalanish, jamoat transporti, shahar transporti.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.