Yosh olimlar 4-jild 32-son (2026) · 46–52-betlar
IQLIM O‘ZGARISHIGA MOSLASHUV (ADAPTATSIYA) SIYOSATINING EKOLOGIK-HUQUQIY JIHATLARI
Botirova, Odina
DOI: 10.5281/zenodo.19811021 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Mazkur ilmiy maqolada iqlim o’zgarishiga moslashuv (adaptatsiya) siyosatining ekologik-huquqiy jihatlari kompleks tarzda tahlil qilingan. Maqolada iqlim o’zgarishinng atrof-muhitga salbiy ta’siri sharoitida davlatlarning moslashuv siyosatini shakllantirish zarurati asoslab berildi. Xususan, xalqaro iqlim huquqi normalari, jumladan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) ning Iqlim o’zgarishi to’g’risidagi R konvensiyasi va Parij kelishuvi doirasida belgilangan adaptatsiya majburiyatlari yoritiladi. Shuningdek, O’zbekiston Respublikasida iqlim o’zgarishiga moslashuv siyosatini huquqiy tartibga solish mexanizmlari, milliy strategiyalar va normativ-huquqiy hujjatlar tahlil qilindi. Muallif maqolada mavjud huquqiy mexanizmlarning samaradorligini baholab, iqlim xavflarini kamaytirish va ekologik xavfsizlikni ta’minlashda huquqning o’rnini ochib berishga harakat qildi hamda tadqiqot davomida ekologik-huquqiy tartibga solishni takomillashtirish bo’yicha ilmiy asoslangan taklif va xulosalar ilgari surildi.
iqlim o’zgarishi, adaptatsiya, ekologik huquq, iqlim siyosati, barqaror rivojlanish, xalqaro ekologik huquq, huquqiy mexanizmlar
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.