Yosh olimlar 4-jild 31-son (2026) · 20–24-betlar
ARAB TILIDA MISOL FE’LLARDA VOVI TUSHIB QOLMAYDIGAN FE’LLARNING FONETIK-MORFEMIK XOSLIGI
G’ulomjonov, Fazliddin, Muxiddinova, Dilafruz
DOI: 10.5281/zenodo.19723015 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)
Annotatsiya
Mazkur maqolada arab tili morfologiyasining muhim masalalaridan biri — misol feʼllarning fonetik-morfemik tahlili, xususan, vovi tushib qolmaydigan feʼllarning oʻziga xos jihatlari tadqiq etiladi. Anʼanaviy arab tilshunosligida misol feʼllar tarkibidagi zaif harflar (vov va yo) ning turli morfologik qoliplarda tushib qolish yoki saqlanib qolish hodisasi keng kuzatiladi. Biroq ayrim feʼllarda kutilgan fonetik oʻzgarishning yuz bermasligi, yaʼni vov harfining saqlanib qolishi alohida ilmiy qiziqish uygʻotadi. Maqolada aynan shunday feʼllarning lugʻaviy-semantik va fonologik xususiyatlari, boʻgʻin tuzilishi va fonetik muhit bilan bogʻliq omillar zamonaviy lingvistik nazariyalar asosida yoritiladi. Shuningdek, Basra va Kufa nahv maktablari olimlarining ushbu masala yuzasidan bildirgan qarashlari qiyosiy-tarixiy jihatdan tahlil qilinadi.
arab tili morfologiyasi, misol feʼllar, vov harfi, fonetik-morfemik tahlil, boʻgʻin tuzilishi, fonologik ogʻirlik, Basra va Kufa maktablari, zaif harflar, morfofonologiya.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.