Yosh olimlar 4-jild 32-son (2026) · 112–113-betlar

INGLIZ VA QORAQALPOQ ERTAKLARIDA VAQT KONSEPTINING LEKSIK VA MADANIY TAHLILI

Ajibekova, Gulsara

DOI: 10.5281/zenodo.19853757 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Mazkur maqolada ingliz va qoraqalpoq xalq ertaklarida vaqt konseptining leksik hamda lingvomadaniy xususiyatlari qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida vaqtning ertak matnlaridagi ifodalanish usullari, uning narrativ, semantik va madaniy funksiyalari o‘rganildi. Xususan, qoraqalpoq ertaklari (“Abat batır”, “Qıran”) hamda ingliz ertaklari (“Cinderella”, “Snow White”, “Jack and the Beanstalk”) misolida vaqtning abstraktligi va mo‘jizaviy xarakteri tahlil qilindi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, ikkala til tizimida ham vaqt ertakona muhitni yaratishda muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi, biroq qoraqalpoq ertaklarida uning madaniy va axloqiy mazmuni chuqurroq namoyon bo‘ladi. Shuningdek, vaqtning tabiiy birliklar orqali ifodalanishi xalqning an’anaviy dunyoqarashi bilan bevosita bog‘liq ekanligi aniqlandi.

vaqt konsepti, ertak, lingvomadaniyat, qoraqalpoq ertaklari, ingliz ertaklari, leksik ifoda, narrativ struktura.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.