Yosh olimlar 4-jild 32-son (2026) · 121–123-betlar

ANIMALISTIK FRAZEOLOGIZMLARNING MILLIY-MADANIY SEMANTIKASI: NEMIS VA O‘ZBEK TILLARI QIYOSIDA

Ochilova, Shaxzoda

DOI: 10.5281/zenodo.19854427 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Mazkur maqolada nemis va o‘zbek tillaridagi animalistik frazeologizmlarning lingvistik va lingvokulturologik xususiyatlari tahlil qilinadi. Animalistik frazeologizmlar tarkibida hayvon nomlari ishtirok etgan turg‘un birikmalar bo‘lib, ular xalqning madaniyati, mentaliteti va dunyoqarashini aks ettiradi. Tadqiqot davomida nemis va o‘zbek tillaridagi animalistik frazeologizmlar semantik jihatdan qiyosiy o‘rganilib, ularning o‘xshash va farqli tomonlari aniqlangan. Shuningdek, hayvon obrazlari orqali inson xarakteri, xulqi va jamiyatdagi munosabatlarni ifodalash mexanizmlari ko‘rsatib berilgan.

animalistik frazeologizm, zoonim, lingvokulturologiya, frazeologik birlik, semantika, obrazlilik.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.