Yosh olimlar 4-jild 32-son (2026) · 124–129-betlar

ALISHER AZIZXO’JAYEVNING IBRATLI HAYOT YO’LI VA ILMIY-MADANIY MEROSI

Urunboyev, Jo’rabek

DOI: 10.5281/zenodo.19854734 · Manbada o'qish → · PDF (manba serverida)

Annotatsiya

Ushbu ilmiy maqolada yuridik fanlari doktori, professor Alisher Azizxo’jayev Abbosovichning ibratli hayot yo’li, biografiyasi, ilmiy-madaniy merosi tahlil qilinadi. Shuningdek, Alisher Azizxo’jayevning O’zbekiston Respublikasida ilm-fanni isloh qilish, ta’lim tizimida olib borgan ishlari, davlat va jamiyat boshqaruvida ko’rsatgan jonbozliklari, mas’ul davlat boshqaruv organlarida ishlagan davrida yuritgan siyosati, yosh avlodning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish uchun ishlab chiqqan asarlari, ilmiy izlanishlari orqali o’zining ilmiy maktabiga asos solganligi va hozirgi kunda Alisher Azizxo’jayevning xotirasini abadiylashtirish maqsadida Toshkent davlat yuridik universiteti rahbariyati tomonidan amalga oshirilayotgan yangiliklar bayon etiladi.

yuridik ta’lim, davlat boshqaruvi, jamiyat qurilishi, huquq ijodkorligi, ilmiy maktab, ilmiy-nazariy asoslar, nazariya va amaliyot uyg’unligi

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.