Yosh olimlar 1-jild 10-son (2023) · 60–68-betlar
KONSEPTNING LISONIY VOQELANISHI
Xolmoʻminova, Mahliyo
DOI: 10.5281/zenodo.8158877 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Dastlabki oʼrinda konseptning lisoniy moddiylashuvi ong va til tizimi oʼrtasidagi hamkorlikning mahsuli ekanligini unutmaslik kerak. Oldin aytilganidek, konsept shakllanishining boshlangʼich nuqtasi voqelik boʼlagi (predmet) haqidagi tasavvur – obrazning yuzaga kelishidir. Bu obraz oddiy sxema yoki shakl boʼlib qolmasdan, balki mazmunli hodisadir. Boshqacha aytganda, subyekt obrazning oddiy shaklini koʼrmaydi yoki uning mazmunini idrok qilmaydi, u mazmunli obrazni idrok etadi. Xuddi shu mazmunli obraz lisoniy belgiga aylanadi va bu belgi maʼnosining oʼzagini tashkil qiladi. Lekin voqelik – ong – lisoniy belgi oʼrtasidagi bunday uzviylikni oddiy takrorlash koʼrinishida talqin etmaslik kerak. Chunki ong voqelikni lisoniy belgi vositasida oddiygina aks ettirmaydi, balki subyekt uchun muhim boʼlgan belgi-xususiyatlarni ajratadi hamda ular asosida idrok etilayotgan obyekt (predmet, hodisa) ning namunaviy modelini yaratadi.
konsepti, ko‘chma ma’no, kognitiv lingvisika, mental tuzilma, lisoniy voqelanish.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.