Yosh olimlar 1-jild 10-son (2023) · 161–164-betlar
XALQARO IQTISODIY INTEGRATSIYANING MOHIYATI, SHAKLLARI VA OBYEKTIV ASOSLARI
Habibullayev, Abrorjon
DOI: 10.5281/zenodo.8362991 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Hozirgi vaqtda jahon iqtisodiyotida ikki tendensiya amal qilmoqda. Bir tomondan, mamlakatlar o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarning rivojlanishi, xalqaro savdoning erkinlashuvi, kommunikatsiya va axborot zamonaviy tizimi, texnik jihatdan jahon andozalari va me’yorlarining yaratilishi natijasida jahon xo‘jaligining yaxlitligi, uning globallashuvi kuchaymoqda. Ayniqsa, bu jarayon transmilliy korporatsiyalarning faoliyatlari orqali aniq namoyon bo‘lmoqda. Boshqa tomondan, mintaqaviy darajada mamlakatlarning iqtisodiy jihatdan yaqinlashuvi va o‘zaro aloqadorligi ro‘y berib, jahon xo‘jaligining nisbatan mustaqil markazlarini tashkil etish yo‘nalishida rivojlanayotgan yirik mintaqaviy integratsion tuzilmalar shakllanmoqda. Ushbu maqolada xalqaro integratsiyaning mohiyati, maqsad va shakllari bayon etiladi.
Xalqaro iqtisodiy integratsiya, erkin savdo hududlari, bojxona ittifoqi, to‘lov ittifoqi, umumiy bozor, iqtisodiy va valyuta ittifoqi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.