Yosh olimlar 1-jild 15-son (2023) · 4–6-betlar

HOMILA O’SISHINING CHEGARALANISHI SINDROMI BILAN HOMILADOR AYOLLARDA HOMILADORLIKNING KECHISHI XUSUSIYATLARI

SALIMOVA, T.B., DO’STOVA, N.Q.

DOI: 10.70413/yo-v01-i15-p1-001 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Homila o’sishdan ortta qolish sindromi (HO’CHS) perinatal kasallanish va o’limga olib keluvchi sabablar ichida katta qismini tashkil qiladi[1]. Bu patologiya ma’naviy zarar bilan birgalikda, HO’CHS bilan tug’ilgan bolalar davolanishi uchun katta mablag’ talab etganligi tufayli  iqtisodiy tomonlama ham putur yetkazadi[3]. Ko’pgina adabiyotlar va tadqiqotlarda yozilishicha  bu patologiyaning yuzaga kelishidagi havf omillarini bir nechta guruhga bo’lingan: ona tomonlama havf omillari (homiladorlik gipertenziyalari, preeklampsiya, gestatsion qandli diabet, opka kasalliklar, anemiya, surunkali buyrak yetishmovchiligi, antifosfolitik sindrom, yetarlicha ovqatlanmaslik va zararli odatlar) homilaning havf soluvchi faktorlari ( genetik kassaliklar, tug’ma rivojlanish poroklari, homila ichi infeksiyasi, kop homilalik) va plasentar havf omillari (plasentaning yetishmovchiligi va plasenta infarkti[2,4]. HO’CHS ning patogenezida ona-homila-plasenta tizimidagi qon aylanishning buzilishi yotadi va buning natijasida homila metabolizmi va funksional holati  izdan chiqadi[5].

HO’CHS bor bo’lgan homiladorlarda homiladorlikning kechishini o’rganish.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.