Yosh olimlar 1-jild 16-son (2023) · 62–63-betlar

O‘ZBEKISTONDA TA’LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISHDA O‘QITUVCHI VA MURABIYLARNI O‘RNI VA ROLI

Raximov, Akobir

DOI: 10.70413/yo-v01-i16-p1-021 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Dunyoda hech bir rivojlangan davlat yoqki ta’lim tizimi rivojlantirmasdan turib taraqqiyotga erishgan. Malayziya, Singapur, Yaponiya kabi davlatlar  aynan shu orqali rivojlanishgan. O‘zbekistonda ham songi yillarda tub o‘zgarishlar bo‘lyabti. Buni amalga oshirish uchun tizimning ustuni hisoblangan ustozlarning mavqeyeni oshirish talab qilinadi. Busiz ta’lim tizimini xalqaro talab darajalarga olib chiqish mumkin emas, agar jamiyatda o‘qituvchi o‘zining hayotidan mamnun bo‘lsa uning o‘broyi  yuqori bo‘lsa qilinayotgan islohotlar tez meva beradi.  Men buni amalga oshirish uchun quyidagi takliflarni ilgari suraman. Birinchidan o‘qituvchiga tom ma’noda erkinlik berish kerak o‘qituvchi dars jarayonini qanday tashkil qilishini o‘zi hal qilishi kerak. O‘qituvchi muayyan bir qolibdan chiqib shaxsiy qiziqishlarni ifoda qilishi kerak. Ikkinchidan ta’lim tizimining yomon jihati hisoblangan forma, davomat va tashkiliy ishlardan tola ozod qilinishi kerak. Uchinchidan o‘qituvchilarning maoshlarini o‘rta qatlam vakillari bilan teng bo‘lishini taminlash maqsadga muvofiq bo‘ladi. To‘g’ri turli sertifikat olgan o‘qituvchilarning maoshlari yuqori lekin oddiy o‘qituvchining ham maoshi jamiyatdagi o‘rta hollardagilar bilan bir xil bo‘lishi kerak. Bu ishlar amalga oshirmasdan turib yangi O‘zbekistonda uchinchi renessans  poydevorini qurib bo‘lmaydi.

Ta’lim tizimi, tub o‘zgarishlar, tizimning ustuni o‘qituvchilar, maosh, tanqidiy tahlil, strategiya, inqilobiy o‘zgarishlar.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.